Qirq mevali daraxt

Nyu-York Sirakuza san’at universiteti o‘qituvchisi, rassom va o‘simlikshunos Sem Van Aken “Qirq mevali daraxtni yaratishga muvaffaq bo‘ldi: u kurtaklarni payvand qilish orqali bitta daraxtni yil davomida turli ranglarda gullaydigan butun bir bog‘ga aylantirdi.

Birinchi tajriba muvaffaqiyatli bo‘ldi, kurtaklar ildiz otib, o‘sa boshladi. Yildan-yilga payvandlangan novdalar soni ortib bordi va endi g‘ayrioddiy daraxtda gilos, olxo‘ri, shaftoli, nektarin va o‘riklar kabi qirqqa yaqin turdagi danakli mevalar va hatto bodom o‘sadi.

- Avvalo, men bu daraxtga sanat asari sifatida qarayman. Va bu daraxt bizning har kunimizni o‘zgartirishini xohlayman. U rang-barang gullaganida yoki uning shoxlarida osilgan turli xil mevalarni ko‘rgan kishining tabiat va uning mo‘jizalari haqidagi tasavvuri o‘zgaradi, - deydi rassom.

Yana bir maqsad - zaxirada yo‘q yoki ba’zi bisabablarga ko‘ra ishlab chiqarilmayotgan qadimgi zamondan saqlab qolingan turli xil mevalarni saqlab qolishdir.


Bugungi kunga qadar Van Aken 16 ta shunday “qirq mevali daraxt”larni yetishtirdi. Hozirda ular Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab muzeylar, jamoat markazlari va shaxsiy kolleksiyalarni bezab turadi. Endi rassom o‘zining duragay mevali daraxtlardan iborat kichik bog‘ yetishtirishni rejalashtirmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.