Qishloq xo‘jalik texnikalari namoyish etilmoqda

  Joriy yilning 10-13 dekabr kunlari Jomboy tumanidagi “Uz Truck & Bus Motors” avtomobilsozlik korxonasi hududida qishloq xo‘jalik texnikalari, texnologiyalari yarmarkasi va sanoat kooperatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

  Ko‘rgazmada mahalliy tadbirkorlar ishlab chiqargan texnika va texnologiyalar namoyishi bilan birga import qilingan va joylarda foydalanilayotgan katta va kichik qishloq xo‘jalik texnikalari hamda ular uchun moslamalar namoyish etilmoqda.

  Yarmarkada qishloq xo‘jalik klasterlari, fermer xo‘jaliklari, tomorqa egalari o‘zlariga zarur texnikalarni bevosita xarid qilish, bank krediti yoki lizing orqali xarid qilish shartnomalarini imzolashlari, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishishlari va mutaxassislar maslahatlarini olishlari mumkin.

  Bugun ko‘rgazmaning ish boshlashiga bag‘ishlangan tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.