Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda 20 ta yangi traktor keltirilib, 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Kattaqo‘rg‘on tumaniga “AMINA GOLD INBEST” MChJ tomonidan 7 milliard 651 million 626 ming so‘mlik 20 dona zamonaviy haydov traktorlari olib kelindi.

Ta’kidlash lozimki, “AMINA GOLD INBEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy yilda 6 ming 413 gektar yer maydoniga chigit ekilgan bo‘lib, 18 ming 639 tonna sifatli sanoat xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda tumandagi 150 ta fermer xo‘jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari imzolangan. Ayni kunlarda bu yerda 100 ga yaqin mahalliy yoshlar mehnat qilishmoqda. Yangi zamonaviy haydov traktorlari olib kelinganligi munosabati bilan qo‘shimcha 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ayni kunlarda haydov traktorlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olinib, mahsus sertifikatlar berilmoqda.

Abduvali XUDOYoROV.