Qog‘oz tarixi haqida siz bilmagan faktlar

Islom hazorasi Yevropaga ko‘plab tuhfalar taqdim qildi. Bu armug‘onlardan eng qimmatlisi esa qog‘oz edi. Islom olamida dastlabki sifatli qog‘ozlar Samarqandda ishlab chiqarilgan, ilk qog‘oz fabrikasi esa 794 yilda Bag‘dodda Xorun ar-Rashidning vaziri Yahyo ibn Xolid Barmaqiy tarafidan qurilgan

Qog‘oz ishlab chiqarish Bag‘doddan Shimoliy Afrika orqali Andalusga qadar yetib bordi. Barcha insonlar qog‘ozdan keng foydalana boshladilar va bu musulmonlar qo‘lida ko‘proq kitoblar jamlanishiga yordam berdi. Qog‘ozdan foydalanish Makkada 797 yilda, Misrda 800 yilda, Andalusda 950 yilda, Konstantinopolda 1100 yilda, Sitsiliyada 1102 yilda, Italiyada 1154 yilda, Germaniyada 1128 yilda, Angliyada esa 1309 yilda boshlandi.

Musulmonlar qog‘ozni Sitsiliya va Ispaniyaga olib bordilar, bu yerlardan esa butun Yevropaga tarqaldi.