Qorda qolgan 14 nafardan ortiq fuqarolarga yordam ko‘rsatildi
- 23.11.2020 13:50
- 356
- Hodisa

Noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda.
FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafardan ziyod haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi.
Yo‘llarda muzlash oqibatida sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda.
FVV vazirligi matbuot xizmati shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raydi.
Teglar:
FVV
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand