Qo‘shni uylarning hovliga chiqish yo‘lini o‘zboshimchalik bilan to‘sib qo‘yish mumkinmi?

Samarqand shahar "Beshchinor" mahallasida istiqomat qiluvchi Suren Avanesov‎ facebook’dagi sahifasida qo‘shni “dom”da yashovchi aholi o‘zboshimchalik bilan yo‘lni tusib qo‘yishgani haqida post qoldirgan:

“Mening fikrimcha, shaharda tartib yo‘q. Chunki har kim o‘zi xohlagan ishini qilmoqda. Beshchinor mahallamizda ko‘p yillar davomida birinchi marta asfalt yotqizildi. Avvalo bunday obodonlashtirish ishlarini tashkil etayotganlarning barchasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Lekin bu xayrli ish hamma ham yoqmadi. Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi 34-uy aholisi kechagina ko‘kalamzorlashtirilgan va asfaltlangan yo‘lni to‘sib, qo‘shni uylarning hovlilariga chiqish yo‘lini yopib qo‘yishgan.

Mahalla raisining aytishicha, bu uning roziligisiz va ruxsatisiz amalga oshirilgan. Bu kabi o‘zboshimchalik qachongacha davom etadi?!”.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham muhokama qilinmoqda.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham muhokama qilinmoqda.