Qurilishda ustiga tuproq qatlami ko‘chib tushgan ishchiga yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyatidagi qurilishda bir fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa Bekobod tumani, Dalvarzin mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish ob’yektida ro‘y bergan.

Voqea ushbu qurilish ob’yektining oqova suvlari uchun handaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mazkur handaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda, tuproq qatlami ko‘chib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketadi.

Hodisaga guvoh bo‘lgan quruvchilar Bekobod tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan vaziyat haqida xabar bergan. Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib chiqib, tibbiy yordam xizmatiga topshirgan.