Ramazon oyi munosabati bilan Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 50 tonna xurmo jo‘natdi

Saudiya Arabistonining «Podshoh Salmon» nomidagi insonparvarlik yordami markazi kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizga beg‘araz ko‘mak sifatida 50 tonna xurmo sovg‘a qildi.

Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish’al ibn Suvaylim O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirdi.

Xurmo «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikamizdagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatiladi.