Rekord yangilandi: O‘zbekistonda 80 yoshli fuqaro o‘qishga hujjat topshirdi

Davlat xizmati agentligi xabariga ko‘ra, 80 yoshli fuqaro To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan.

Yoshi eng ulug‘ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yo‘nalishini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun OTMlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni.