Rossiya Belarusning ichki muammolariga ochiqdan-ochiq aralashsa, Vashington Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishi mumkin

Bu haqda “Rueters” nashri xabar berdi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Belarusda o‘tayotgan norozilik namoyishlari vaqtida 450 nafar ruhiy va jismoniy tazyiq holatlari qayd etilgani haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik Belarus agentligi ma’lum qildi.

BMTda kamida olti nafar shaxsning qayerdaligi va salomatligi haqida yaqin qarindoshlariga hech narsa ma’lum emasligi haqida ta’kidlandi. Bundan tashqari, tashkilot “ayollar va yosh bolalarga nisbatan qo‘llanilgan zo‘ravonlik, shu jumladan, jinsiy zo‘rlash” holatlari haqida alohida ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, 13 nafar BMTning Oliy komissar boshqarmasi mutaxassislari ayblov hujjatiga imzo qo‘ygan. Hujjat mualliflari aybdorlarni javobgarlikka tortishga va jabrlanganlarga moliyaviy va ruhiy yordam ko‘rsatishga chaqirgan.