Rossiya pasportini oladigan ukrainaliklarni pensiya va nafaqalari berilmasligi mumkin
Ikki mamlakat fuqaroligini xohlab, Rossiya pasportini oladigan ukrainaliklarga pensiya va nafaqalar to‘lanmasligi mumkin.
Ukraina hukumati 8 may kuni Donbass aholisiga tarqatilayotgan Rossiya pasportini haqiqiy emas deb topish haqida qaror qabul qildi.
Bu haqda Donbassdagi nazoratga olinmagan hududlar bo‘yicha vazir Vadim Chernish ma’lum qilgan.
"Ukraina Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorda bu haqda aniq va lo‘nda qilib yozib qo‘yilgan va Rossiya tomoni Donbass hududida tarqatayotgan pasport haqiqiy hisoblanmaydi" deydi u.
Ukrainalik vazirning bildirishicha Donbassda tarqatilayotgan Rossiya pasportlarini tan olmaslik qarori bu birinchi qadam.
Ikkinchi qadamda Rossiya pasportini Ukrainada tarqatayotgan shaxslarni jazoga tortish amaliyoti o‘tkaziladi.
Bu orada Ukraina Urush veteranlar masalalari vaziri Irina Friz o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Rossiya pasportini olgan fuqarolar pensiya va turli nafaqalardan mahrum qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.