Rossiya yana yadroviy qurolga ishora qildi

Rossiya prezidenti Federal Majlisga murojaatida Rossiyaning Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnoma (SNV-III)da ishtirokini to‘xtatganini e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlar bilan tuzilgan ushbu kelishuv ikki davlatning yadroviy arsenallarini cheklovchi so‘nggi hujjat, qolaversa Moskva va Vashington hamkorligini davom ettirgan sanoqli sohalardan biri bo‘lib qolgandi. Ekspertlarning ogohlantirishicha, Kremlning qarori yangi qurollanish poygasini avj oldirishi va yadro qurolidan foydalanish tahdidini keltirib chiqarishi mumkin.

Putinning nutqidan bir necha soat o‘tgach, Rossiya TIV izoh berdi: Rossiya SNV bo‘yicha miqdoriy cheklovlarga rioya qilishga va’da beradi va AQShni ballistik raketalarning uchirilishi haqida xabardor qilishni davom ettiradi. Biroq, bu va’da majburiy emas.

Yaqin vaqtgacha yadroviy qurol masalasi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yomonlashayotgan munosabatlardan dahlsiz turdi: nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu cheklovlarga rioya qilish davom etdi.

Endi esa ekspertlar Rossiyaning shartnomadan chiqishi nimani anglatishi haqda aniq to‘xtamga kelolmayapti. SNVning to‘xtatilishi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yanada jiddiyroq keskinlashishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Ekspertlar SNV shartnomasi to‘xtatilishining yana bir ehtimoliy oqibatlariga e’tibor qaratadi: BMT Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi ortib boradi. Agar Rossiya va Qo‘shma Shtatlar yadro arsenallarini ko‘paytirsa, bu Xitoyga, Xitoyga qarab Hindiston, Hindistonga qarab Pokistonga ta’sir qilaveradi, deydi tahlilchilar.

Xullas, avval yadro quroli kun sayin kamayishi, uni cheklash haqida trend mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu trend o‘zgaryapti: davlatlar qurol qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi deb hisoblamoqda".

Internet ma’lumotlaridan G.Xoldorova tarjimasi.