Rossiyalik olim «Sputnik-V» vaksinasining zaif jihatini aytdi

Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik-V" vaksinasining zaif tomoni uni texnologik jihatdan ishlab chiqarish murakkabligidadir. Ushbu muammoni sog‘liqni saqlash vazirligi Sechenov universitetining translyasiya tibbiyoti va biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov bildirdi, deb yozadi "Rossiyskaya gazeta".

- Ikki komponentli vaksinani ommaviy ishlab chiqarish uchun murakkab texnologik yechimlar talab qilinadi, - dedi u. - Shu munosabat bilan, preparatni katta miqdorda ishlab chiqarish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Ikki komponentli ishlab chiqarish – imkoniyatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Garchand, texnologik jihatdan vaksina ancha murakkab bo‘lsa-da, lekin uning xavfsizligiga shubha yo‘q», dedi olim.

Tarasov ushbu preparatning klinik sinovlarida qatnashgani va uning samarali ekanligiga ishonch bildirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, vaksina zararli emas. Shu jumladan, gipertoniya kasalligi bo‘lgan odamlarga ham. Vaksinani faqat yallig‘lanish kasalliklariga chalinganlarga qo‘llash mumkin emas.

Institut direktori, shuningdek, emlash orqali odamni mikrochiplash (inson implantati - bu integral mikrosxemaga yoki RFID (Radio Frequency IDentification) texnologiyasiga asoslangan qurilma) mumkinligi haqidagi afsonani bekor qildi. Uning ta’kidlashicha, «Sputnik-V»da bunday tarkibiy qismlar mavjud emas. Shuningdek, avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasining Chumakov nomidagi ilmiy markazi umumiy virusologiya bo‘limi boshlig‘i Georgiy Ignatev ham tanaga chipni sezdirmasdan kiritish mumkinligini inkor etgan edi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.