“Samarqand” xalqaro aeroportida 9 million so‘mlik atir ushlab qolindi
- 25.06.2019 15:03
- 167
- Samarqand
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Zarnews.uz saytiga xabar berishicha, “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishidagi HY276-raqamli aviareys bilan mamlakatimizga uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi M.M.ning bagaj yuklari bojxonachilar e’tiborini tortgan. Xolislar ishtirokida fuqaro M.M.ning bagaj sumkasi tekshirilganda belgilangan me’yordan ortiqcha, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 9 million so‘mga yaqin 87 dona “SHAIK PARIS 50 ml” nomli atirlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegaralari orqali 3 dona birlikdagi atir va atirsimon suyuqliklarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish normasi belgilangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa