Samarqand shahri Amir Temur mahallasi hududidagi elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

Kecha, 14 yanvar kuni soat 12:30 da Samarqand shahrining Amir Temur mahallasi hududidagi (“Mikrorayon”) 400 kVali TP-852 da kuchlanish yuqori bo‘lganligi sabab elektr energiyasida uzilish kuzatildi.

Zarnews.uz telegram kanalida ushbu holat haqida axborot berilgani hamda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlardan so‘ng ushbu hududda tezkor avariyalarni tiklash brigadalari tomonidan aniqlangan nosozliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan vaqtinchalik uzilish holatlari uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.