Samarqand shahri va tumanida vaqtincha ichimlik suvi to‘xtatiladi
- 27.03.2019 15:05
- 696
- Samarqand
Samarqand shahrining Siyob va Bog‘ishamol hududlari, Sartepo, Sug‘diyona maskanlari, A.Temur ko‘chasi, mikrayon “A” va “B” turarjoy mavzelari hamda qisman Samarqand tumanining shahar bilan chegaradosh hududlarini yoz mavsumiga tayyorlash maqsadida, 2019 yil 27 martdan 28 martga o‘tar kechasi soat 01:00 dan 2019 yil 29 mart kuni ertalab soat 06:00 ga qadar ichimlik suvi uzatish vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi.
Korxona ma’muriyati noqulayliklar uchun Samarqand shahar va tuman aholisidan uzr so‘raydi.
Teglar:
ichimlik suvi