Samarqand shahrida “Tabiat saxovati” qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi rastalari o‘rnatilmoqda

18 oktyabr - Samarqand shahri kuni bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, shahar aholisi va mehmonlarining dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, viloyat va shahar hokimliklari tomonidan bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bugun shaharning Alisher Navoiy ko‘chasida “Tabiat saxovati” qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi uchun savdo rastalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Ushbu rastalar orqali viloyatimiz tumanlarida yetishtirilgan meva va sabzavotlar 17-20 oktyabr kunlari shahar ahliga tortiq qilinadi.