Samarqand shahrida tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini qimor o‘yinlariga yutqazgan hisobchi aniqlandi
- 27.11.2024 16:14
- 239
- Jinoyat va jazo

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Ph.l.” MChJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MChJning 6,4 mlrd. so‘m mablag‘ini soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirish orqali o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olgan. Ushbu mablag‘larni internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarida yutqazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!