Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktabi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabga aylantiriladi

Samarqand viloyati hokimining joriy yil 24 noyabrdagi qarorida qayd etilishicha, mazkur ta’lim muassasasi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktab tashkil etiladi.

“Bir million dasturchi” loyhasini maktab o‘quv dasturlariga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash asoslarining chuqur o‘rgatilishini tashkil etish, o‘quv dasturlarining raqamli iqtisodiyot talablariga moslashishini ta’minlash va bu borada ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat idoralari va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni rivojantirish ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.