Samarqand shahridagi madaniy meros ob’yektlarining mobil ilovasi yaratildi
- 28.09.2022 12:04
- 130
- Madaniyat
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti doktoranti Ulug‘bek Rahimov viloyat madaniy meros boshqarmasi bilan hamkorlikda “Madaniy meros ob’yektlari davlat kadastrini kartografik ta’minlashni takomillashtirish” mavzusi doirasida madaniy meros ob’yektlari ma’lumotlar bazasi platformasi va “Moziy” nomli mobil ilova yaratdi.
Samarqand shahrida mavjud bo‘lgan moddiy-madaniy meros ob’yektlarini o‘zida jamlagan ushbu mobil ilovadan istalgan yoshdagi qiziquvchi foydalanishi mumkin.
Mobil ilovada foydalanuvchilar uchun 8 ta asosiy menyu mavjud. Har bir menyu yo‘nalishi bo‘yicha alohida ob’yektlar kartada rasm va matn shaklida paydo bo‘ladi. Mobil ilovadan foydalanuvchilar har bir ob’yekt bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni olishlari mumkin. Hozircha ushbu ilovaga 380 dan ziyod madaniy meros ob’yektlari kiritilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 50 daqiqa avval
- Dolzarb