Samarqand shahridagi Sartepa, Sug‘diyona va Buyuk Ipak yo‘li turar-joy massivlarini issiqlik bilan ta’minlovchi qozonxona yangidan quriladi

Buning uchun Jahon bankining 30 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

“Isiqlik manbai” DUK direktori Yoqub Qurbonovning aytishicha, 2023 yilgacha mavjud qozonxonalar to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Xususan, 1 ta 100 mVt. quvvatga ega 381 ta ko‘p qavatli uy-joylar hamda 22 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini issiqlik bilan ta’minlashga mo‘ljallangan qozonxona quriladi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida Samarqand shahrining Sartepa, Sug‘diyona va Buyuk Ipak yo‘li hududlari to‘liq issiqlik tizimi bilan ta’minlanishiga erishiladi. Loyiha doirasida 40 kilometr issiqlik tizimi yangilanib, yer ostiga olinadi.

Bu borada joriy yilning noyabr oyida 1-bosqich uchun tender savdolari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.