Samarqand tumanida muammolar yo‘qmi?
Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilganlar 100 foiz, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan yigit-qizlarning 93 foizi ro‘yxatdan chiqarilgan.
Bu xalq deputatlari viloyat Kengashining 37-sessiyasida tuman hokimi Nosir Mavlonovning hisobotida qayd etilgan.
N.Mavlonovning ta’kidlashicha, hududda tadbirkorlik sub’yektlari soni 5 344 tani (o‘tgan yilga nisbatan 127 foiz), shundan kichik biznes sub’yektlari 3 567 tani tashkil etmoqda. Joriy yilning 2-choragida 1139 ta yangi sub’yekt tashkil etilgan.
Natijada joriy yilning 6 oyi yakuni bilan mahalliy byudjet tushumlari 36,1 milliard so‘m bo‘lgan yoki rejaga nisbatan 7,2 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilgan. Yil yakuni bilan mahalliy byudjetga tushumlar prognozga nisbatan 16,9 milliard so‘m ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, yarim yillikda 68 milliard so‘mlik 26 ta investitsiya loyihalari foydalanishga qabul qilinib, 231 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Amalda esa 108,6 milliard so‘mlik 28 ta, dasturlardan tashqari 60,9 milliard so‘mlik 36 ta loyiha foydalanishga qabul qilingan. Birgina ushbu yo‘nalishda 571 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi bo‘yicha 6 million dollarlik reja o‘rniga 11,2 million chet el sarmoyasi olib kirilgan.
Albatta, tumanda yutuqlar bilan birga muayyan kamchiliklar ham bor. Misol uchun, o‘tgan 6 oyda eskport rejasi 87,2 foizga bajarilgan. Ya’ni, 64 ta eksportyor korxona xorijga 33 million o‘rniga 28,8 million dollarlik mahsulot chiqargan. Shuningdek, hududdagi 49 ta maktabning bor-yo‘g‘i 9 tasi 1 va undan past koeffitsiyentda, 91 foizida esa ta’lim jarayoni ikki navbatda tashkil etilgan.
Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilganlar 100 foiz, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan yigit-qizlarning 93 foizi ro‘yxatdan chiqarilgan.
Qayd etilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi.