Samarqand viloyati futbol mahorat maktabiga qabul bo‘lib o‘tmoqda
Samarqand viloyati futbol mahorat maktabi (akademiya)ga umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan, 2010 yilda tug‘ilgan, 10-11 yoshli o‘smirlardan hujjatlar 2021 yilning 15 iyul kuniga qadar (shu kuni ham) belgilangan tartibda “u-11” guruhiga qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
1. Futbolchi pasporti (uning asl nusxasi komissiyaga shaxsan ko‘rsatiladi);
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnomasi nusxasi (guvohnomaning asl nusxasi kommissiyaga shaxsan ko‘rsatiladi);
3. “F-086-U” shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, psixonevrologik dispanserdan ma’lumotnoma;
4. “F-026-U” shakldagi maktab tibbiy anketasi;
5. “F-063-U” shakldagi profilaktik emlash kartasi;
6. BO‘SMdan tavsifnoma;
7. 3,5x4,5 sm. o‘lchamdagi 8 dona fotosurat;
8. Ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan futbol maktabi direktori nomiga ariza.
Hujjatlar onlayn tarzida quyidagi telegram raqamlarga yuboriladi:
Mavlyanov Xurshid +99890-199-13-99;
Qudratov Jasur +99891-552-11-55.
Manzil: Samarqand shahri Bog‘dod ko‘chasi, 39-uy.
Mo‘ljal: 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi.