Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Toshpo‘latov: Sohani isloh qilishda jurnalistlarning fikri muhim
- 26.06.2019 15:11
- 1206
- Samarqand
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Toshpo‘latov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyatdagi OAV vakillari va blogerlar bilan uchrashdi. Boshqarma boshlig‘i soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, viloyat IIB tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
A.Toshpo‘latov tizimdagi islohotlar haqida gapirib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularning oldini olishda profilaktika tadbirlarining ahamiyatiga to‘xtaldi. Bu borada OAV bilan yaqin hamkorlik samarali bo‘lishi, jurnalistlarning takliflari albatta inobatga olinishini ta’kidladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa