Samarqand viloyati injiniring kompaniyasi, viloyat qurilish boshqarmasi mutasaddilari e’tiboriga!

Quruvchining chala ishlarini kim oxiriga yetkazadi?

Samarqand shahar Ali Qushchi ko‘chasi, 4-uydagi ta’mirlash ishlarining sifatsiz bajarilgani va oxiriga yetkazilmagani haqida o‘tgan yil va bu yil davomida uch marta yozdik.

Har bir chiqishimizdan so‘ng mutasaddilar masala joyida o‘rganilgani va tez orada hal etilishini ma’lum qilishdi. Ikki yildirki, muammo muammoligicha turibdi.

Biz yozgan birgina bu uy emas, boshqa ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklar ham haligacha tuzatilmagani ma’lum bo‘lmoqda.

Xo‘sh, Samarqand shahrida ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagan bunday uylar qancha ekan? Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun necha yil kerak bo‘ladi?..