Samarqand viloyati Kengashining 44-sessiyasi 8 oktyabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2021 yil 30 sentyabrda "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qirq to‘rtinchi sessiyasi 2021 yil 8 oktyabr kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ne’matovning “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan hisoboti;
- “Maroqand Obod” DUK bosh direktori Sh.Nasimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi PQ-4883-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan hisoboti;
- “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat bo‘limi boshlig‘i D.Nabiyevning “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.