Samarqand viloyati Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi boshlandi

Ayni paytda viloyat hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Unda quyidagi masalalar muhokama etilishi belgilangan:

- viloyat hokimining o‘rinbosari O.Xodjayevning “Viloyatdagi maxsus iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillashtirish, investorlar duch kelayotgan muammolar va ularni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i D.Narziqulovning hisoboti haqida;

- viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyozovning “Viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti haqida;

- viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Shukurovning “2021 yilda Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

PQ-5048-sonli qarori asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti haqida;

- Jomboy tumani hokimi Q.Sobirovning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti haqida;

- viloyatdagi aksiyadorlik tijorat “Agrobank”, Xalq banki va  “Mikrokreditbank” tomonidan imtiyozli kreditlarni ajratilishi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida”gi hisobotlari haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi haqida;

- viloyat prokurori, 2-sektor rahbari R.Masharipovning “Viloyatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2021 yil II choragi uchun ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida” hisoboti;

- Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020 yil 22 maydagi 43/8-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.