Samarqand viloyati Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi boshlandi

Viloyat hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Sessiyada quyidagi masalalar ko‘riladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Mahmarahimovning hisoboti;

- viloyat hududlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan sektorlar rahbarlarining hisobotlari haqida;

- viloyatda ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Mehribonlik uyi” da tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilovning hisoboti to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.