Samarqand xalqaro aeroporti hududida to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargohlar tizimi ishga tushirildi
- 01.12.2023 12:00
- 86
- Samarqand
Joriy yilning 30 noyabridan boshlab aeroport hududiga kirishda ushbu tizim avtomashinaning davlat raqamlarini avtomatik ravishda tanib oladi.
To‘lov avtoturargoh maydonida joylashgan parkomatlar orqali naqd pulda yoki avtoturargohdan chiqayotganda bank karta orqali amalga oshiriladi. To‘lov miqdori elektron tabloda ko‘rsatiladi.
Aeroport hududida mashina turishining dastlabki 15 daqiqasi bepul.
“Air Marakanda” MChJ ma’muriyati avtotransport vositalarining yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi, shikastlanishi yoki to‘liqligi buzilganligi, to‘xtash joylarida joylashgan boshqa mol-mulkning, shu jumladan, transport vositasida qolgan mol-mulkning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi uchun javobgar emas.
Teglar:
“Samarqand” xalqaro aeroporti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa