Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand xalqaro aeroportidan amalga oshirilayotgan va yo‘lga qo‘yiladigan reyslar haqda ma’lumot berildi

Samarqand xalqaro aeroporti orqali har hafta Moskvaga 15 ta, Istanbulga 6 ta, Krasnodar va Yekaterinburgga 5 tadan, Sochi va Olma-Otaga 4 tadan, Sankt-Peterburg va Krasnoyarskka 3 tadan, Dubayga 2 ta, Novosibirsk, Irkutsk, Qozon, Voronej, Kaluga, Perm, Samaraga 1 tadan va boshqa aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Bugundan Dubayga qatnov yana bittaga ko‘paydi. Yaqin orada Bokuga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

19 sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qo‘shni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reysni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, vodiy viloyatlari, Nukus, Urganch va Termizdan ham har kuni kamida 1 ta aviaqatnov amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriq berildi.