Samarqandda 18 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi, 20 kishida kasallanish qayd etildi
Bugun, 13 iyul kuni viloyatda 20 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlandi. Karantin boshlangandan buyon bemorlar soni 605 nafarga yetdi. Ayni paytda 133 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Shuningdek, 18 nafar bemor kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lib, oilasi bag‘riga qaytdi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashni muvofiqlashtirish shtabi boshlig‘i Abdulla Abiyevning ma’lumot berishicha, koronavirusga chalingan 20 nafar bemorning 8 nafari karantin markazlarida nazorat ostida bo‘lgan fuqarolar, 12 tasi aholi orasidan aniqlandi. Tahlili musbat chiqqan bemorlar karantindagi fuqarolardan tamoman alohida joyda davolanmoqda. Ularning davolanishi uchun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida barcha sharoitlar bor. Shuningdek, ularni davolayotgan shifokorlar barcha himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.
Ayni kunlarda viloyatimiz bo‘yicha 245 nafar fuqaro kasallikka gumon qilinib, statsionar sharoitidagi tibbiy kuzatuv ostida saqlanayotgan bo‘lsa, 3045 nafar fuqaro o‘z uyida karantinda qolmoqda.