Samarqandda 4 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi
- 24.04.2020 21:23
- 1336
- COVID-19
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Anjidon, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Surxandaryo va Jizzax viloyatlari safiga endilikda Samarqand viloyati ham qo‘shildi. Ayni paytda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi.
Sog‘ayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola , barchasi Samarqand viloyatidan . So‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 621 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.