Samarqandda 65 kishida koronavirus aniqlandi, 86 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi

🔺 2021 yil 31 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157 136  (+742) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:

- 79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

- 24 nafari Andijon viloyatida,

- 15 nafari Buxoro viloyatida,

- 19 nafari Jizzax viloyatida,

- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,

- 13 nafari Navoiy viloyatida,

- 17 nafari Namangan viloyatida,

- 65 nafari Samarqand viloyatida,

- 17 nafari Sirdaryo viloyatida,

- 26 nafari Surxondaryo viloyatida,

- 69 nafari Farg‘ona viloyatida,

- 18 nafari Xorazm viloyatida,

- 116 nafari Toshkent viloyatida,

- 251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha respublikamiz bo‘yicha 683 nafar, shundan Samarqand viloyatida 86 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 149 273 nafarga yetdi, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.