Samarqandda 95 kishi koronavirusga chalindi, 127 nafar bemor tuzaldi
🔺 Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 10 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 139 285 (+903) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 93 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 39 nafari Andijon viloyatida,
📌 19 nafari Buxoro viloyatida,
📌 75 nafari Jizzax viloyatida,
📌 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 18 nafari Navoiy viloyatida,
📌 35 nafari Namangan viloyatida,
📌 95 nafari Samarqand viloyatida,
📌 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 94 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 85 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 39 nafari Xorazm viloyatida,
📌 97 nafari Toshkent viloyatida,
📌 161 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️Kecha respublikamiz bo‘yicha 832 nafar, shundan Samarqand viloyatida 127 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 132 613 nafarga yetdi, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.