Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda barcha maktablarda an’anaviy o‘qish boshlandi: hozircha darslar boshlang‘ich sinflar uchun

Samarqand viloyatida barcha maktablar an’anaviy o‘qish tizimiga o‘tdi. Darslar faqat boshlang‘ich sinflar uchun joriy etilmoqda.

Pandemiya sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masofa saqlashi, karantin qoidalariga amal qilishi uchun har bir sinf ikkiga bo‘lib o‘qitilyapti.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi 1255 ta maktabga 2355 dona pirometr, 87,9 litr antiseptik vositasi, 879 268 dona tibbiy niqoblar yetkazib berildi. Sinfxonalar har kuni 2-3 martadan dezinfeksiya qilinmoqda. O‘quvchilar sanitariya talablariga rioya etilgan holda maktabga tana harorati o‘lchanib kiritilyapti.

Viloyatda yuqori sinflar uchun an’anaviy darslar oktyabr oyi davomida bosqichma-bosqich boshlanishi kutilmoqda. Shuningdek, darslar ota-onalarning istagiga ko‘ra, an’anaviy va onlayn tarzda olib boriladi.

Xurshida ERNAZAROVA.