Samarqandda besh kunlik Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi boshlandi
Markaziy Osiyo eko-oromgohi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi, UNISEF, UNESSO, BMTTD va FAO ko‘magida tashkil etilgan.
1-5 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqishga doir Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi tashkil etilgan.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston eko-faollarining 60 nafardan ziyod yetakchisi ishtirok etmoqda.
Tadbir Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) SOP 28 – Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Unda yoshlarning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishdagi rolini e’tirof etish, yosh eko-faollarga ekologik taklif va tashabbuslarni ilgari surish uchun platforma taqdim etish hamda Markaziy Osiyoda yoshlar ekologik harakatini integratsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar, uchrashuvlar va Markaziy Osiyo strategiyasi bo‘yicha muhokamalar tashkil etiladi.