Samarqandda elektr energiyasidan salkam 63 million so‘m qo‘shimcha hisoblashning oldi olindi
Samarqand viloyati majburiy ijro byurosi tomonidan Oqdaryo tumani Qoraxitoy qishlog‘ida joylashgan “Bahodir Umar Islom” xususiy korxonasining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Samarqand viloyati MIBning ko‘rsatmasiga asosan “Samarqand HETK” AJ xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, (tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab) 169.731.360 so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlangan. Samarqand viloyati MIB esa ushbu vaziyatga bir yoqlama qaramasdan, raqamlarning haqqoniyligi bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand hududiy bo‘limiga o‘z xulosalarini taqdim qilingan.
Hududiy bo‘limning “Elektrhisob” dasturi orqali o‘rganish o‘tkazilishi mobaynida iste’molchi “Bahodir Umar Islom” xususiy korxonasining elektr hisoblagichi 1 iyul 2018 yilda almashtirilganligi aniqlandi.
Bunday holatda elektr hisoblagichning almashtirilgan vaqtidan boshlab hisoblanishi bo‘yicha “Samarqand HETK” AJga ko‘rsatma xati berildi. Natijada hududiy bo‘limning ko‘rsatmasiga asosan hisoblangan qayta hisob-kitob 106 967 960 so‘mni tashkil etdi.
Amalga oshirilgan aniq tekshiruvlar sabab iste’molchining hisobiga 62 762 400 so‘mga qo‘shimcha hisoblashning oldi olindi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.