Samarqandda fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidagi o‘qishini ko‘chirtirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
- 04.08.2021 12:11
- 156
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro R.Y. boshqa bir fuqaro M.ga o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, uning Qirg‘iz Respublikasi, Jalolobod shahrida joylashgan Zamanbap el aralik universitetidagi o‘qishini Samarqand davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.
Teglar:
firibgarlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa