Samarqandda joriy yilda 3 trillion 250 milliard 400 million so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
- 21.08.2020 09:19
- 88
- Samarqand
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Samarqand viloyatida jami 3 trillion 250 milliard 400 million so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2019 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 104,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik shakli, davlat
va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibi bo‘yicha bo‘linadi.
Teglar:
qurilish