Samarqandda koronavirus bilan kasallanganlar 15 nafar, infeksiya alomatlari kuzatilayotganlar 64 nafarni tashkil etmoqda
- 22.04.2020 17:31
- 904
- COVID-19
Bugun 2020 yil 22 aprel soat 11:30 holatiga ko‘ra, Samarqandda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 nafarni tashkil etayotganligi haqida xabar bergan edik. Mutaxassislarning oxirgi xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarning 15 nafarida “Covid-19” infeksiyasi rasman tasdiqlangan. 64 nafar bemor esa mazkur virusga gumondor sifatida shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda tibbiy tekshiruvlar davom etmoqda.
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa