Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga olindi

Bu holatlar Davlat xavfsizligi xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlandi.

Unda Milliy gvardiya Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi, 1990 yilda tug‘ilgan F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishini aytib, undan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.


Yana bir tadbir chog‘ida advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qilishga va’da berib, buning uchun undan 600 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.