Samarqandda “Mobil targ‘ibot” avtomashinasi yordamida aholiga yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilmoqda
Samarqand viloyati IIB YHXB viloyat hududidagi yo‘llarda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish va harakat ishtirokchilarini hushyorlikka chaqirish maqsadida o‘zgacha usullaridan keng foydalanilmoqda.
Bu borada boshqarmaning matbuot guruhi tomonidan harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, «Yo‘l harakati qoidalari»ni keng ko‘lamda targ‘ib qilish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Damas” rusumli avtomashina maxsus jihozlanib (televizor, nootbuk, proyektor va ekrani, qo‘shimcha elektr energiyasi beruvchi uskuna hamda masofadan ishlovchi mikrafon), “Mobil targ‘ibot” avtomashinasi sifatida, qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, ushbu “Mobil targ‘ibot” avtomobil yordamida sodir etilayotgan og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini QFY va MFYlarda, mehnat jamoalari, bozorlar, o‘quv va maktabgacha ta’lim muassasalarida muhokama qilinishi, yo‘l harakati qoidalariga rioya etishni targ‘ib qiluvchi plakatlar, bukletlar, tavqimlar va boshqa ko‘rgazmali jihozlar tarqatish, tadbirlarning ahamiyati haqida keng omma orasida targ‘ibot ishlarini olib borish, jamoat transporti va aholi ko‘p to‘planadigan joylarda tadbir o‘tkazilayotgani haqidagi reklama va plakatlarni joylashtirish va bu borada ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelinmoqda.
Shunga o‘xshash olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida viloyatda yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilga nisbatan 27,4 foizga, vafot etganlar soni 7,9 foizga, tan jarohatlar olganlar soni esa 30,5 foizga kamayishga erishildi.
Albatta soha xodimlarining asosiy vazifasi xalq mushkulini oson qilishdan iboratdir!