Samarqandda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand Temir yo‘l texnikumi talabalar yotoqxonasi tarbiyachisi vazifasida ishlovchi O‘.B. fuqaro Sh.ni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shunigdek, Departament hamda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi S.X. fuqaro D.ning qizini, tanishlari orqali ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.