Samarqandda para-triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi
- 09.06.2023 10:45
- 93
- Sport
Xabar berganimizdek, bugun, 9 iyun kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor «Para-triatlon bo‘yicha Samarqand – 2023 Osiyo chempionati» boshlandi.
Musobaqa ishtirokchilari 750 metr masofaga suzish, 20 kilometr velosipedda harakatlanish, 5 kilometrga yugurish bahslarida qatnashadi.

- Chempionatda yigirmaga yaqin davlatdan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda, - deydi viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev. - Mazkur chemponat sentyabr oyida o‘tkaziladigan jahon kubogi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ushbu musobaqa sportchilarga xalqaro reyting ochkolari berish bilan birga, viloyatimizda turizm rivojining oshishiga xizmat qiladi.
Teglar:
Triatlon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mato o‘g‘irlagan tikuvchi
- Kecha, 18:04
- Mutolaa