Samarqandda sport xabarlari: Yunon-rum kurashi, dzyudo, an’anaviy karate-do

Yunon-rum
Samarqand shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha 2002-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida turli vazn toifasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Yakunda umumjamoa hisobida samarqandlik sportchilar birinchilikni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Buxoro hamda Toshkent viloyati sportchilariga nasib etdi.

***
Dzyudo
Toyloq tumanida 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida 10 ta vazn toifasida dzyudo bo‘yicha viloyat ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimiz vakillaridan tashqari Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan sportchilar g‘alaba uchun bel olishdi. Shiddatli kechgan bellashuv yakuniga ko‘ra, Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji sportchilari kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Ikkinchi o‘rinni buxorolik dzyudochilar band qilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Toshkent olimpiya zaxiralari kolleji sportchilariga nasib etdi.

***
An’anaviy karate-do
Samarqand shahrida an’anaviy karate-do bo‘yicha viloyat ochiq chempioanati tashkil etildi.
Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan sportchilar hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatidan jami 120 nafar karatechilar kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan bahs yakunida Samarqand shahri sportchilari eng ko‘p medalga ega chiqdi.
***



Yunon-rum
Samarqand shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha 2002-2004 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi.

Shahar va tumandan kelgan 100 nafar kurashchilar orasida Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji kurashchilari birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji ikkinchi va sportning yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
***
Kurash, boks, futbol
Samarqand tumanidagi 1-son bolalar o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan tuman yoshlari ishtirokida sportning badiiy gimnastika, sambo, qo‘l jangi, Turon yakka kurashi, futbol, erkin kurash, kikboksing turlari bo‘yicha sport maktabi birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 700 nafarga yaqin sportchilar turli vazn toifasida g‘oliblik uchun bahsga kirishdi. Yakunda futbol bo‘yicha tumanning “Ohalik” jamoasi g‘olib bo‘lgani e’lon qilindi. Shuningdek, 50 nafar sportchilar birinchilikni qo‘lga kiritgani uchun medal va diplom bilan taqdirlandi.


Muhammad Onarboyev.