Samarqandda test sinovlari 5 ta stadionda o‘tkaziladi
- 07.08.2022 11:09
- 810
- Ta’lim
Test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar haqidagi ma’lumotlar DTM saytiga joylashtirildi.
Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
- test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
- hududga kirish joylari;
- test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
- test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
- sektor raqami;
- test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
- joylarning google xaritadagi geolokatsiyasi.
Test sinovlarini o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar ro‘yxati dtm.uz/page/test_2022 manzili orqali berib boriladi.
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 31 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 35 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi