Samarqandda xorijga ishga yuborishni aytib, pullarini o‘zlashtirib yuborgan firibgar ayollar qo‘lga olindi

Kecha, 5 sentyabr kuni Samarqand shahar IIBga xorijiy davlatga ishga yuborishni aytib, pullarini o‘zlashtirib yuborgan shaxs ustidan ariza kelib tushgan.

Unda 2018 yil avgust-dekabr oylarida Intizor ko‘chasida yashovchi 21 yoshli U.A. va M.Ibragimov ko‘chasida yashovchi 38 yoshli L.G‘. ismli ayol Toyloq tumanida yashovchi 34 yoshli M.R. ismli ayolni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishlikni va’da berganligi va undan aldov yo‘li bilan 8 000 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.A. va L.G‘.lar ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.