Samarqandda xorijga olib borishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi
- 25.05.2020 09:55
- 334
- Jinoyat va jazo
Shu yilning 22 may kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TBdan firibgarlik holati qayd etilgani haqidagi hujjatlar kelib tushgan.
Ularga ko‘ra, 2019 yil avgust oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy shoh ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi, nafaqaxo‘r X.X. uyida Urgut tumani Uzum mahallasida yashovchi Sh.X. va Qo‘shmachit mahallasida yashovchi M.M.ning o‘g‘li U.X.larni Avstraliya davlatiga ishlashga yuborishda yordam berishga va’da beradi.
Firibgarlik yo‘li bilan Sh.X.dan 3.000 AQSh dollari hamda M.M.dan esa 3.500 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida X.X. ushlangan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, 21 may kuni X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.