Samarqandda yurtimiz triatlonchilari O‘zbekiston chempionligi uchun bellashmoqda
- 11.06.2023 08:35
- 25
- Sport
Triatlon bo‘yicha ikki kun davomida xalqaro musobaqaga mezbonlik qilgan Samarqandda bugun «Samarqand – 2023, triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati»ga start berildi.
Musobaqada 300 nafar ishtirokchi standart va super-sprint masofalarida elita, U-23, 15-17 yoshlar va 16-19 yoshli o‘smirlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha milliy va yoshlar terma jamoasiga saralash bahslarida ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda professional sportchilar olimpiya dasturida 1500 metr masofaga suzish, 40 kilometr velosiped poygasi, 10 kilometr yugurish bahslarida kuch sinashyapti.
Super-sprint dasturida esa havaskorlar 350 metr masofaga suzish, 13 kilometr velopoyga, 3 kilometr yugurish bahslarida ishtirok etyapti.
Teglar:
Triatlon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand