Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga 2021-2022 o‘quv yili uchun qancha talaba qabul qilinadi?
Samarqand davlat universitetiga – 2550 ta kvota ajratilgan bo‘lib, 815 tasi davlat granti, 1735 tasi to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shundan universitetning Kattaqo‘rg‘on filialiga – 600 ta (300 ta davlat granti, 300 ta to‘lov-kontrakt) kvota ajratilgan.
Bundan tashqari, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga – 1300 ta kvota ajratilgan (335 tasi davlat granti, 965 tasi to‘lov-kontrakt asosida).
Samarqand davlat chet tillar institutiga – 2350 ta kvota ajratilgan bo‘lib, 470 tasi davlat granti, 1880 tasi to‘lov-kontrakt asosida (shundan Narpay xorijiy tillar fakultetiga 75 ta, Payariq xorijiy tillar fakultetiga 75 ta) o‘qishga qabul qilinadi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 1725 ta kvota ajratilgan, 340 tasi davlat granti, 1385 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga – 1300 ta kvota ajratilgan, 400 tasi davlat granti, 900 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 875 ta kvota ajratilgan, 415 tasi davlat granti, 460 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 750 ta kvota ajratilgan, 50 tasi davlat granti, 700 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga – 450 ta kvota ajratilgan, 110 tasi davlat granti, 340 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga – 450 ta kvota ajratilgan, 100 tasi davlat granti, 350 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetiga – 350 ta kvota ajratilgan, 40 tasi davlat granti, 310 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 350 ta kvota ajratilgan, shundan 40 tasi davlat granti, 310 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Eslatib o‘tamiz: ushbu ma’lumotlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ajratilgan qabul parametrlaridir.